
Kataloniya klubi La Liga rahbariyatidan Segundaga tushirib yubormaslikni so‘radi
“Espanol” klubi La Liga rahbariyatidan Segundaga tushirib yubormaslikni so‘rab murojaat qildi.
Ularning fikricha, o‘yinlarni muxlislarsiz o‘tkazish va koronavirus bilan bog‘liq vaziyat jamoani qiyin ahvolga solib qo‘ygan.
Aytish lozimki, Kataloniya klubi mavsumni so‘nggi 20-o‘rinda yakunlashdi.
Ular karantinga qadar ham La Liga musobaqa jadvalida so‘nggi pog‘onada borayotgan edi.
Fikrlar