
Kasilyas yarim yillik tanaffusdan so‘ng yana maydonga qaytdi
"Portu" klubi darvozaboni Iker Kasilyas uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng yana maydonga qaytdi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 38 yoshli ispaniyalik futbolchi yakka tartibda mashg‘ulotlarga kirishgan. U bugun 25 daqiqa shug‘ullangan.
Eslatib o‘tamiz, Kasilyas joriy yilning 1 may kuni mashg‘ulotlar paytida o‘zini yomon his qila boshlagan va yurak xurujini boshdan kechirgan edi.
Fikrlar