
Kasilyas faoliyati borasida yakuniy qarorini martda e’lon qilmoqchi
“Portu” darvozaboni Iker Kasilyas faoliyatini davom ettirish yoki ettirmaslik borasidagi qarorini martga qadar o‘ylab ko‘radi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli ispaniyalik posbon 2019 yilning may oyida mashg‘ulotlar paytida kichik yurak xurujini boshdan kechirgan edi. Noyabr oyida esa u yana maydonga qaytdi, biroq hozircha faoliyatini yakunlaydimi yoki yo‘qmi, bu haqda ma’lum qilmadi.
Ma’lumot uchun, Kasilyas faoliyati davomida “Portu”dan tashqari faqatgina “Real”da to‘p surgan.
Fikrlar