
Kasilyas bugungi kunda eng zo‘r darvozabon kim ekanini aniqlab berdi
“Real” va Ispaniya terma jamoasi darvozasini qo‘riqlagan Iker Kasilyas ayni paytda eng zo‘r hamkasbi qaysi ekanini aytdi.
- Menimcha, Mark-Andre ter Shtegen va Yan Oblak o‘z klublari uchun juda muhim darvozabonlar. Tibo Kurtua esa “Real” qidirgan posbon. Mana shu uchta darvozabon hozirgi paytda qolganlardan ustun.
Men uchun futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabon Arkonade bo‘lib qolaveradi. U fantastik darajadagi futbolchi edi. Shuningdek, Subissaretta va Kaniseras ham bor. Biroq, baribir eng zo‘ri Arkonade bo‘lib qolaveradi, - dedi Kasilyas.
Ikerning o‘zi Ispaniya terma jamoasi darvozasini 13336 daqiqa davomida qo‘riqlagan. U jahon va Evropa chempionligiga sazovor bo‘lgan.
Fikrlar