
Karvaxal o‘tgan mavsumdagi ajoyib harakatlari uchun e’tirof etildi
Dani Karvaxal Ispaniya Futbolchilar Assotsiatsiyasidan mukofot qabul qilib oldi. Bu haqda assotsiatsiyaning YouTube sahifasida ma’lum qilindi.
Ispaniya futbolchilar uyushmasi (AFE) "Real Madrid" himoyachisi Karvaxalni sport qadriyatlarining ibratli namoyondasi, namunaviy futbolchi va yangi avlodlar uchun o‘rnak sifatida e’tirof etib, 2023/2024-yilgi mavsum uchun mukofot topshirdi.
Ma’lumot uchun, futbolchi 2013 yilning yozidan beri Madrid klubida to‘p tepib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u "Los-Blankos" safida jami 41 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi.
Fikrlar