
Karvaxal: "Agar 7-marotaba Chempionlar ligasini yutib, Jahon chempioni bo‘lsam, faoliyatimni tugatishim mumkin"
"Real" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Daniel Karvaxal faoliyati haqida gapirdi.
"Agar mavsumni 7-marotaba Chempionlar ligasini yutib, shu bilan birga terma jamoa bilan ilk bor Jahon chempionatida g‘olib chiqsangiz, faoliyatingizni yakunlaysizmi yoki yana bir necha yil o‘ynaysizmi? – degan savolga futbolchi shunday javob qaytardi:
"Agar bu sodir bo‘lsa, hoziroq rozi bo‘lardim. Faoliyatimni tugatardim, albatta. Lekin to‘g‘risini aytsam, futbolni juda yaxshi ko‘raman va bu – fantastik jarayon bo‘lardi".
Karvaxal o‘z so‘zlarida mashg‘ulotlardan qanday zavq olayotganini ham aytib o‘tdi:
"Qadamma-qadam o‘z darajamni tiklayapman. Har bir kunlik mashg‘ulotdan bahra olishni xohlayman, chunki menga bu juda yoqadi. Chunki jarohat olgan paytingda har bir mashg‘ulot, har bir o‘yin, jamoadoshlar bilan uchrashuvning qadrini yanada kuchliroq his qilasan", - deb qo‘shimcha qildi ispaniyalik himoyachi.
Fikrlar