
Karrager Amorim nega bo‘shatilmayotganini taxmin qildi
"Liverpul" sobiq himoyachisi, hozirda futbol eksperti bo‘lgan Jeymi Karragerning taxminicha, Ruben Amorim MYudan tashqi ko‘rinishi tufayli iste’foga chiqarilmayapti.
"Amorim matbuot anjumanlarida ajoyib. Lekin u yutmagani uchun: "Ovozingni o‘chir," deging keladi. Valdirashni bas qil, og‘zingni yum. Agar u g‘alaba qozonganida, hammamiz: "Mana bu shaxsiyat!" degan bo‘lardik.
Hozir hamma Joze Mourinoning APLga qaytish ehtimolini muhokama qilmoqda. Sababi, u yulduz, o‘ylaganini fosh qilib qo‘yadi. Lekin u g‘olib hamdir. Biz doimo Brayan Klafni eslaymiz: u gapirganda, uni tinglashardi, chunki u g‘olib edi.
Qarab turib o‘ylayman: agar Amorim matbuot anjumanlarida bu qadar jozibali bo‘lmaganida, bu qadar kelishgan erkak bo‘lmaganida, uni ancha oldin ishdan bo‘shatishgan bo‘lardi. Natijalar esa dahshatli!" - dedi "Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager The Overlap shousida futbol muxlislari bilan suhbatda.
Fikrlar