Karlush Keyrush Eron terma jamoasiga qaytadi

  • 6 sentabr, 2022, 17:34
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron futbol federatsiyasining yangi prezidenti Mehdi Taj bergan va’dasining ustidan chiqib, Karlush Keyrushni terma jamoa bosh murabbiyi lavozimiga qaytarish borasida jiddiy harakatlarni olib bormoqda. “Inside World Football” nashrining xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis yana forslar terma jamoasini boshqarishga tayyor.

Tecno

Karlush Keyrush Eron terma jamoasini Qatardagi jahon chempionatiga tayyorlashi ko‘zda tutilgan. Guruh bosqichida eronliklar AQSh, Angliya va Uels terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Keyrush 2011-2019 yillarda Eron terma jamoasi bosh murabbiyligida ishlagan. Portugaliyalik boshchiligida forslar 2014 va 2018 yillarda jahon chempionatlarida qatnashgan. Biroq ikkala musobaqada ham jamoa guruhdan chiqa olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!