Karlo Anchelotti: "Hakamlardan kamroq shikoyat qiling"

  • 27 sentabr, 2024, 15:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti "Real Madrid" futbolchilarini hakamlardan kamroq shikoyat qilishga chaqirdi.

Tecno

-Bir necha kun oldin aytganlarimni takrorlayman. Hakamlarning futbolga bo‘lgan yondashuvi o‘zgardi. Siz bunga ko‘nikishingiz kerak.  E’tiroz bildirganimiz uchun to‘rt-beshta sariq kartochka oldik. Aslida bundan qochishimiz kerak, tamom. Biz yangi qoidalarga moslashishimiz kerak.

- Mbappe haqida nima deysiz?

- U o‘sha o‘yin va o‘sha vaqtda almashtirishni so‘radi. Kilian juda yaxshi o‘ynayapti menimcha. Biz hujumda yaxshi o‘ynayapmiz ochig‘i.
 

- O‘yin oxirida muammolarga duch keldingiz.

-Biz bu narsalar sodir bo‘lishini xohlamaymiz. Aytish kerakki, jamoa 60 daqiqa davomida yaxshi o‘ynadi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortdi.
 

- Endrik haqida qanday fikrdasiz va Luis Garsiya bilan nima haqida gaplashdingiz?

- Takrorini ko‘rmaganim uchun u bilan bog‘liq vaziyat haqida o‘z fikrimni bildira olmayman. Garsiya bilan esa, o‘yindan keyingi epizodni muammosiz, qarama-qarshiliksiz shunchaki muhokama qildik.
 

 Futbolchilaringiz hakamga nima deyishdi?

- Aniq nima deyishganini bilmadim. Lekin hakamning o‘zi futbolchilar ortiqcha shikoyatlar qilmasliklari kerakligi va noroziliklarini bu tarzda bildirmasliklarini aytib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!