
Karim Benzema mundialning eng favorit 4 ta terma jamoasi nomini aytdi
Frantsiya va Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema qaysi jamoalar JCh-2022 favoritlarini ekanligi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Vinisius va Rodrigo harakat qiladigan Braziliya mundialdagi eng favorit terma jamoami? Ha, hozirgi kundagi Braziliya juda ham kuchli tarkibga ega. Shuningdek, Argentina, Ispaniya va, albatta, Frantsiya ham musobaqada g‘alaba qozonish uchun borini berishadi”, - dedi “Real” hujumchisi "Telefoot" nashriga.
Frantsiya Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining ilk uchrashuvini 22 noyabr kuni Avstraliya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 26 noyabr kuni frantsuzlar Daniya bilan, 30 noyabrda esa Tunis bilan o‘ynaydi.
Fikrlar