Karikatura. Oston O‘runov "Spartak"dan ketmoqda (Foto)

  • 4 dekabr, 2020, 19:13
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Oston O‘runov shu yili yozda "Ufa"dan "Spartak" klubiga ko‘chib o‘tgandi. Yarim himoyachimizning ishlari hozircha ko‘ngildagidek emas. U har doim ham maydonga tushmayapti.

Tecno

Uning Rossiyaga borishi, mamlakatning eng kuchli jamoalaridan biriga o‘tishida ko‘maklashgan Shamil Gazizov "Spartak"dan ketishi mumkin. Klub bosh direktori ko‘plab tanqidlarga uchragan. U amalga oshirgan transferlar o‘zini oqlamayotgandek. Jumladan, Oston O‘runov ham. Har holda rossiyalik jurnalistlar shu haqda bong urmoqda. Shuning uchun Gazizov va uning eng ishongan futbolchilaridan biri Oston O‘runov jamoani tark etishi kutilmoqda. Buni "Sport Ekspress" nashri karikatura ham chiqardi. Unda aynan Gizizov va O‘runovning "Spartak"dan ketayotgani aks etgan.

photo_2020-12-03_09-25-32

Umid qilamizki, hamyurtimiz bu tanqidlarga hali munosib javob bera oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!