Karate WKF bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi qaysi o‘rinni band etdi?

BEPUL PROPAN

Dubay shahrida tashkil qilingan karate WKF bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati ham o‘z yakuniga etdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi, tarixiy oltin medal qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ba’zi holatlarda biroz omad etishmadi. Jumladan, Sevinch Rahimova bronza medali uchun jangda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Jamoaviy kumite bahslarida juda kuchli raqiblarni mag‘lub etgan vakillarimiz final yo‘llanmasi uchun jangda serblarga birgina zarba evaziga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, bronza medali uchun to‘qnashuvda nomdor ozarbayjonlik raqiblari bilan ham shiddatli jang olib borishdi. Biroq, yakunda yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, biroz omad etishmadi va imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi bitta oltin medal bilan umumjamoa hisobida Braziliya bilan 8-9-o‘rinni bo‘lishib oldi. Kuchli uchlikdan esa, Yaponiya, Misr hamda Ispaniya terma jamolari o‘rin oldi.

Quyida jahon chempionatida qayd etilgan natijalar bilan tanishing!

brazil

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!