
Kannavaro: "Kapadze bilan ishlashda menda hech qanday muammo yo‘q"
Kannavaro o‘z uslubiga qarab futbolchilarni chaqaridami yoki futbolchilarni potentsialiga?
Hozirgi jamoa ikkita o‘rtoqlik o‘yini uchun chaqirilgan. Biz ikki kun oldin etib keldik, shu sababli, katta o‘zgarish kiritish natog‘ri bo‘ladi, deb hisoblayman. Biz bundan oldingi ikkita murabbiy boshlagan ishni davom ettiramiz. Men hujumkor futbol tarafdoriman, lekin bu degani jamoa 90 daqiqa hujum qiladi,, degani emas. Ba’zida himoyalanish kerak, ba’azan o‘rtada kutib olish, shu sababli, vaziyatdan kelib chiqib harakat qilamiz.
Quvaytga qarshi o‘yin siz uchun nimani anglatadi?
Albatta, ushbu o‘yinchilar meni tanlovim bo‘lmasa ham, ishonamanki, eng kuchlilar yig‘ilgan va ular qo‘lidan kelgancha harakat qilishiga hech qanday shubham yo‘q. Ushbu uchrashuvda barcha qo‘lidan kelganini qiladi va shuni ham unutmaslik kerakki, bizda jarohat olgan 6-7 ta futbolchi ham bor.
Biz murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda, qaysi futbolchilar maydonga tushishini hal qilamiz. Bugun kechqurun futbolchilar bilan gaplashib ham olamiz. Men allaqachon futbolchilar haqida qandaydir fikrga egaman. Mashg‘ulotdan keyin aniq bo‘ladi, ertaga kim asosiy tarkibda bo‘lishi.
Turg‘unboev va Eshmurodov ham terma jamoaga chaqiruv oldi. Bunga sabab nima bo‘ldi?
Men barcha oldingi o‘yinlarni ko‘rib chiqdim va shunga amin bo‘ldimki, ushbu ikki futbolchi tarkibda yo‘qligini sezdim. Shundan keyin ularni yig‘inga jalb qilishni federatsiyadan so‘radim. Ikkita futbolchini jarohat sabab yo‘qotdik ham.
Kapadze sizga yordamchi bo‘lib qoldi. Nima deb o‘ylaysiz u qancha vaqtga sizga yordamchi murabbiy bo‘lib ishlashi mumkin?
U sizga yordamchi murabbiy bo‘lmayman, deb aytdimi?
Yo‘q
Kapadze biz bilan. Biz har doim birga ishlab kelmoqdamiz. Biz bir-birimizga o‘xshash bo‘lgan falsafaga egamiz. Unda futbolchilar haqida ko‘proq ma’lumotlar bor. Shu sababli, men bilan birga.
Men o‘tgan safar ham aytib o‘tgandim, u bilan ishlash uchun menda hech qanday muammo yo‘q, chunki oldingi ishlagan jamoalarimda ham doimo mahalliy mutxassis yordam bergan. Balki yana boshqa hodimlarni ham jalb qilarmiz.
Fikrlar