Kannavaro: "Biz Urugvaydan qo‘rqmaymiz va o‘z o‘yinimizni ko‘rsatmoqchimiz"

  • 12 oktabr, 17:10
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ertaga Urugvayga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va darvozabon Abduvohid Ne’matov ushbu bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etib, quyidagicha fikr bildirdi.

Tecno

Fabio Kannavaro:
Avvalo, tashrif uchun barchaga rahmat aytaman. Biz kecha Malayziyaga etib keldik, tiklanish mashg‘ulotlarini o‘tkazdik va ertangi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladik. Bu avvalgi uchrashuvdan ko‘ra farqli o‘yin bo‘ladi. Biz dunyodagi eng kuchli jamoalardan biri va eng kuchli murabbiylardan biri — Marselo Belsaga qarshi bahs olib boramiz. Bizni oldinda juda qiyin o‘yin kutib turibdi. Biz Urugvaydan qo‘rqmaymiz va o‘z o‘yinimizni ko‘rsatmoqchimiz. Bu o‘rtoqlik uchrashuvi, ammo maydonda bor kuchimizni ishga solamiz".

Abduvohid Ne’matov:
"Murabbiyimiz ta’kidlaganidek, tiklanish mashg‘ulotini o‘tkazdik. Ertangi o‘yinga tayyormiz va bor kuchimiz bilan harakat qilamiz".

 Ma’lumot uchun, ikki terma jamoa o‘rtasidagi bellashuv 13 oktyabr kuni soat 17:45'da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!