
Kanchelskis xayrlashuv maktubini yozdi. Endi "Navbahor"ni kim boshqaradi?
"Navbahor" klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis jamoadagi faoliyati yakuniga etgani bois muxlislarga xayrlashuv maktubini yozdi. Rossiyalik mutaxassis yurtida ishini davom ettiradi.
Ammo hali murabbiy va klub o‘rtasida shartnomani bekor qilish ishlari yakunlanmagan, bu bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda. SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "lochinlar"ni hozircha yordamchi murabbiy No‘’mon Hasanov boshqarib turadi. Agar natijalar ijobiy ko‘rinish olsa, No‘’mon Hasanov bilan shartnomani uzaytirilishi mumkin.
Samvel Babayan "Navbahor" klubi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod
Oldinroq, saytimiz orqali Samvel Babayan "Navbahor" klubi bosh murabbiyiga asosiy nomzod ekanligini ma’lum qilgandik. Ushbu murabbiy Xitoy birinchi ligasida ishtirok etuvchi "Chanchun Yatay" jamoasi bilan o‘rtadagi shartnomani yaqindagina bekor qilgandi.
Fikrlar