Kanchelskis: Termani Berdiev boshqarsin!

  • 9 iyul, 2021, 16:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor”dagi faoliyati bilan o‘zbekistonlik futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan Andrey Kanchelskis Rossiya milliy terma jamoasini kim boshqarishi kerakligi haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Stanislav Cherchesovning iste’fosi kutilgandi. O‘zini oqlash uchun yana nima deyish mumkin? Hech nima, albatta. Terma jamoaga kim bosh murabbiy bo‘lishini federatsiyadagi futbolga begona odamlar hal qilsin.

Mendan bu borada fikr so‘rashmaydi, albatta. Men Qurbon Berdiev, Yuriy Syomin va Valeriy Gazzaev nomzodini ilgari surgan bo‘lardim.

Xorijliklardan Yoaxim Lyov nomzodini aytishmoqda. Ideal variant, u jahon chempionatini yutgan, - dedi Kanchelskis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!