
Kanchelskis Liga kubogi haqida: Hech narsa bermaydigan bu musobaqa kim uchun qiziqarli?
Bundan bir necha kun avval Rossiyaning «Argumenty i Fakty» ro‘znomasida «Navbahor» bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis bilan uyushtirilgan suhbat chop etildi. Biz mazkur suhbatning o‘zimizga tegishli qismini havola qilamiz.
- O‘zbekistonga qanday borib qoldingiz?
- Namanganning «Navbahor» jamoasidan qiziqarli taklif oldim. Ko‘p ham o‘ylab o‘tirmay, taklifga rozi bo‘ldim. O‘zbekistonga moslashuv jarayoni uzoq kechmadi. Namangan - futbol shahri. Mashg‘ulotlarimizni ko‘plab muxlislar kuzatishadi. O‘yin kuni stadionga 20 mingdan ziyod ishqibozlar tashrif buyuradi.
- Rossiyada o‘rtacha tomoshabinlar tashrifi - 16,6 ming.
- To‘g‘ri, lekin hamma jamoalar ham shuncha muxlis yig‘olmaydi. Bu erda hammasi joyida. Ammo men tushunmayotgan narsalar ham bor. Masalan, o‘yin kuni ogohlantirishsiz hakam o‘zgarishi mumkin. Shuningdek, Liga Kubogi tashkil etildi, xuddi Angliyadek singari. Yaxshi g‘oya. Biroq, Angliyada g‘olib chiqqanga Evropa Ligasiga yo‘llanma berilsa, bizda yo‘q. Hech narsa bermaydigan bu musobaqa kim uchun qiziqarli?
- Namangan - palov yurti. Buni o‘zingizda his qildingizmi?
- Palovni haftada 1-2 marta tanovvul qilaman. Ko‘payib ketsa semirib ketasiz. Futbolchilarga ham og‘irlik qiladi. Ammo futbolchilarga buni ta’qiqlab ham bo‘lmaydi. Eslayman, «Spartak»ni boshqargan Nevio Skala klubga kelgach taomnomani butkul o‘zgartirgandi. «Borщ»ni ta’qiqlab qo‘ygandi. Hamma makaron eyishiga to‘g‘ri kelgan. Chetdan kelib o‘zining tartibini o‘rnatish mumkin emas.
- Rossiyaga qaytib ishlashga umid qilyapsizmi? Oldinlari yosh murabbiylarning ishlashlariga to‘sqinlik qilishayotgani haqida gapirgandingiz.
- Avval qanday bo‘lgan bo‘lsa hozir ham shunday. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Oldindan bir narsa deb bo‘lmaydi.
Manbaa: lochinlar.uz
Fikrlar