
Kamoliddin Tojiev "Paxtakor"ning Namangandagi yirik mag‘lubiyati sababini aytdi
Superliganing 24-turida “Paxtakor” Namanganda “Navbahor”ga 5:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev qatnashdi.
- Bugun birinchi taymda ham, ikkinchi taymda mavsum oxirlab qolgani sezildi. Bir yildan buyon mavsum boshidan beri har uch kunda o‘ynab kelyapmiz. Bundan oldingi “Al-Rayyan” bilan ham qiyin o‘yin bo‘ldi. Bugun yigitlarda charchoq sezildi. Mavsumning oxirligi bilinib turibdi.
- Bular uchrashuv natijasiga ta’sir qildi-a?
- Aytganimdek, har uch kunda o‘ynab kelyapmiz. Charchoqlar sezildi.
- Bugungi yirik hisobdagi mag‘lubiyatga chetlatish ham ta’sir qildimi?
- Chetlatish bo‘lgunga qadar hisob 2:2 edi. Chetlatish ham ta’sir qildi. Shundoq ham charchoq tufayli 11 kishi bilan qiynalayotgandik. Keyin oldinga o‘tib gol urishga harakat qildik, ammo o‘zimiz gollar o‘tkazib yubordik.
- “Navbahor”ning o‘yini borasida nima deya olasiz?
- Bizga har doim printsipial raqib. “Navbahor”ni g‘alaba bilan tabriklayman.
- Cheranni yo‘qligi bilindimi?
- Mazasi yo‘qligiga kela olmadi.
Fikrlar