
Kamaru Usmon: "Pul - muhim, biroq undan ham muhim narsalar bor"
UFC cobiq chempioni Kamaru Usmon uzoq vaqtdan beri janglarda qatnashmagani uchun unga nisbatan aytilgan tanqidlarga javob qaytardi.
“2025 yilga ham etib keldik. Men bir narsagi hammaga tushuntirmoqchiman. Agar biz jang qilmasak, hech qanday pul topa olmaymiz. Menga, sizga - barchamizga pul kerak. Biroq sog‘lik undan ham muhim. Shu bois oktagonda uzoq vaqtdan beri ko‘rinmadim” — deya nigeriyalikning so‘zlarini keltirdi "MMA Junkie".
Eslatib o‘tamiz, Usmon so‘nggi jangida Xamzat Chimaevdan hakamlarning qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan edi.
Fikrlar