
Kagava yana APLga qaytishi mumkin
"Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Shinji Kagava yana Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda o‘tgan mavsumni "Beshiktosh" safida ijara asosida o‘tkazgan 30 yoshli yaponiyalik futbolchi nemis klubiga u qadar ham muhim emasligi oydinlashmoqda. Shu bois ular Kagavani transferga qo‘yishmoqchi.
Unga esa ayni damda "Vest Xem" va "Everton" kabi jamoalardan qiziqishlar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Kagava uchun APL begona emas. U o‘z vaqtida "Manchester Yunayted" safida to‘p surgan.
Fikrlar