Jon Terri: "Estevao kelajakda yulduz futbolchi bo‘ladi bo‘ladi"
"Chelsi"ning sobiq himoyachisi Jon Terri klub hujumchisi Estevao haqida yuqori fikr bildirdi va uning kelajagi porloq ekanini ta’kidladi.
"Faqat shuni aytishni istaymanki, Estevao yosh bo‘lishiga qaramay biz uchun juda yaxshi o‘ynamoqda. U yangi nafas, muxlislar uchun ajoyib futbolchiga aylandi. Uni yaxshi ko‘rishyapti. Biz bir oz sabrli bo‘lishimiz kerak, deb o‘ylayman, lekin u mutlaq superzvezda va u dunyo darajasidagi o‘yinchiga aylanishiga ishonaman.
Uni "Chelsi"da ko‘rib turganimdan xursandman. Jismonan kuchli, juda yaxshi rivojlangan. Aniq agressiv, kurashlardan qochmaydi. Muxlislarga bu yoqadi. U nafaqat taassurot qoldiradi, balki "Chelsi" ruhini ham namoyon etadi", – dedi Terri "talkSPORT"ga bergan intervyusida.



Fikrlar