Jon Obi Mikel xalqaro faoliyatini yakunladi
Turkiyaning "Trabzonspor" klubi yarim himoyachisi Jon Obi Mikel Nigeriya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
“O‘z mahoratimni butun dunyoga ko‘rsatishda menga yordam bergani uchun terma jamoaga minnatdorchilik bildiraman. Menga ajoyib faoliyat o‘tkazish nasib etdi, biroq 32 yoshda ketish kerak va yoshlarga o‘rin bo‘shatish lozim. Ular Afrika Millatlar kubogining bronza medallarini qo‘lga kiritishga beqiyos xizmat qilishdi”, - deydi Mikel.
Ma’lumot uchun, “Chelsi”ning sobiq futbolchisi Nigeriya terma jamoasida 2005 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 89ta o‘yinda ishtirok etdi va raqiblari darvozasiga 6ta gol urishga erishdi. U 2013 yilda terma jamoasi bilan Afrika millatlar kubogida g‘olib bo‘lgan.



Fikrlar