
Jon Jons qo‘rqoqmi? Yan Blaxovichning fikri shunday...
Yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Yan Blaxovich sobiq chempion Jon Jons u bilan jang qilishdan qochish uchun og‘ir vazn toifasiga o‘tgan, deb hisoblaydi.
"Shaxsan men uchun Jon Jons eng yaxshi variant bo‘lar edi. Biroq, menimcha, bu mumkin emas. Bu jang hech qachon bo‘lmasligi mumkin. Katta ehtimol bilan navbatdagi raqibim Teysheyra - Santos uchrashuvi g‘olibi bo‘ladi. Biroz kutishimiz kerak, ammo Jons eng yaxshi variant bo‘lardi. U menga Anderson ustidan g‘alaba qozonganimdan keyin jang qilishni va’da qildi. Kelajakda unga murojaat qilishimga ishonaman. Reysga nima qilganimni ko‘rdi. Jon shunchaki mendan qochib ketadi. U menga yutqazishni istamaydi. Jons qo‘rqdi, shuning uchun u og‘ir vaznga yugurdi. U afsonaviy polyak kuchidan yashirinmoqda, - dedi Blaxovich.
Jons yarim og‘ir vazn toifasidagi kamarni vakant qoldirdi va og‘ir vazn toifasida jang qilishini e’lon qildi. Blaxovich “UFC 253” turnirida Dominik Reysni mag‘lubiyatga uchratib, ushbu kamarni qo‘lga kiritgandi.
.
Fikrlar