Jiu-Jitsu bo‘yicha jahon chempionatini 4 ta medal bilan yakunladik

  • 11 noyabr, 2021, 16:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
BEPUL PROPAN

Avval xabar berganimizdek, Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahri Jiu-Jitsu bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Dunyoning 70 dan ortiq davlatidan 3000 mingga yaqin sportchi ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqa bugun o‘z nihoyasiga etdi.

Jahon chempionatida jami 17 nafar hamyurtimiz qatnashdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, terma jamoamiz sportchilari 2 ta kumush va 2 ta bronza medalga sazovor bo‘ldi. Jumladan, ayollar o‘rtasida U16 NeWaza -52 kg vazn toifasida Rayxona Rustamova kumush, U21 NeWaza +70 kg vazn toifasida Abdujabborova Durdona bronza,  erkaklar o‘rtasida NeWaza -66 kg vazn toifasida Muzaffar Madaminov kumush hamda Fighting -77 kg vazn toifasida Bahromjon Mashrapov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Screenshot_20211108-141658_Instagram

Screenshot_20211109-204849_Instagram

Screenshot_20211109-204951_Instagram

Aytish lozimki, ushbu musobaqa kelasi yil AQShda bo‘ladigan jahon o‘yinlariga yo‘llanma berishi bilan yanada ahamiyatlidir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!