Jismoniy tarbiya va sport vazirligining faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi (fotoreportaj)

  • 30 iyul, 2019, 16:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Unda  Jismoniy tarbiya va sport vazirligining joriy yil birinchi yarim yilligida belgilangan maqsadli vazifalarni bajarish bo‘yicha hisoboti eshitildi. Majlisda Qo‘mita a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tecno

Majlisda qayd etilganidek, amalga oshirilgan ishlar bilan birga vazirlik tomonidan ayrim topshiriqlar bajarilmagan, ba’zi vazifalar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan.

Shuningdek, 2020 yilda Tokioda (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiada o‘yinlarida 21 ta sport turi bo‘yicha qariyb 100 nafar sportchidan iborat O‘zbekiston terma jamoasi ishtirokini ta’minlash uchun litsenziyalarni qo‘lga kiritish belgilangan edi. Hozirgi kunda esa 3 nafargina sportchi yozgi Olimpiadada qatnashish huquqini beruvchi litsenziyani qo‘lga kiritgan.

Majlisda bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish borasida senatorlar tomonidan tavsiyalar va takliflar bildirildi. Ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan Qo‘mitaning tegishli  qarori qabul qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!