Jezusning kelajagi noaniq — ko‘plab grand klublar kuzatuvda, lekin jarohati muammo bo‘lmoqda

  • 29 iyul, 01:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezus klubni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan bo‘lsa-da, braziliyalik futbolchi hozircha jiddiy taklif olmagan. Uning og‘ir tizzasidagi jarohatidan to‘liq tiklanmagani ko‘plab klublarni ehtiyotkorlik bilan yondashishga majbur qilmoqda. Bu haqida "Caught Offside" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yozgi transfer oynasida bir nechta klublar Jezusga qiziqish bildirgan, ammo sog‘lig‘i bilan bog‘liq noaniqliklar sababli hech biri rasman harakat boshlamagan. Shunga qaramay, unga talab katta: Evropaning "Milan", "Barselona", "Nyukasl Yunayted", "Tottenxem" va "Inter" klublari uning atrofidagi vaziyatni sinchiklab kuzatmoqda.

Gabriel Jesus of Arsenal, who is currently recovering from an injury looks on as he speaks to teammate Thomas Partey prior to the UEFA Champions...

Ayniqsa, "Barselona" Robert Levandovski davridan keyingi hujum chizig‘ini rejalashtirmoqda, "Nyukasl" esa oldingi chiziqni kuchaytirish yo‘llarini izlamoqda. Janubiy Amerikada esa Jezusning sobiq klubi "Palmeyras" va "Flamengo" ham uning tiklanishini diqqat bilan kuzatmoqda. Biroq barcha tomonlar uni faqat to‘liq sog‘aygach qo‘lga kiritishni istamoqda, bu esa yanvar oyini yanada real variantga aylantirmoqda.

Hozircha hech bir klub rasman taklif yubormagan, lekin futbolchining tibbiy holati aniqlashganidan so‘ng muzokaralar tezlashishi mumkin. Moliyaviy tafsilotlar, ayniqsa Jezusning transfer narxi va moashi borasidagi talablar, kelishuvga ta’sir qiluvchi muhim omillar bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!