
Jeyms Milner: "Barselona"ga qarshi ko‘rsatgan o‘yinimizdan faxrlansak bo‘ladi
"Liverpul" klubi xavbeki Jeyms Milner kecha "Barselona"ga (0:3) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Musobaqaning ushbu bosqichida natija juda muhim. Biz vaziyatlar yaratdik va ulardan foydalanishimiz shart edi. Ammo, buni uddalay olmadik. Lekin, “Barselona”ga qarshi qanday o‘ynaganimizdan faxrlanishimiz mumkin.
Messidan har doim nimadir kutasiz. Ko‘ramiz, “Enfild”da nimalar bo‘lar ekan. Biz shu kuni 100 foiz borimizni berib harakat qilamiz va men bunga va’da beraman. Bizning stadionimizda mo‘jizaviy o‘yinlar ko‘p bo‘lgan”, - deydi Milner.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” – “Barselona” bahsi 7 may kuni “Enfild”da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar