
Jeyk Polning navbatdagi raqibi aniq. Bu "Temir musht" emas !!!
Jeyk Pol (9-1, 6 KO) keyingi shanba kuni Floridada o‘zining profescional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi, Mayk Perri (0:1) unga raqiblik qiladi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan bahs birinchi og‘ir vazn toifasida bo‘lib o‘tadi.
Noyabr oyida Jeyk Pol Mayk Taysonga qarshi jang o‘tkazishi rejalashtirilgan. Pol uchun Perri bilan bahs bu yilgi ikkinchi jang bo‘ladi. Mayk professional boksda bitta jang o‘tkazgan va BKFC turnirlarida biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan sobiq UFC jangchisi.
Ma’lum uchun, shanba oqshomida bizni yana bir ajoyib jang kutib turibdi – yarim engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Amanda Serrano (46-2-1, 30 KO) Stivi Morgan (14-1, 13 KO) bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar