
Jessi Lingard APLning boshqa bir grand klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Jessi Lingard jamoasini o‘zgartirishi mumkin, deb xabar bermoqda BBC Sport.
Manbaga ko‘ra, "Tottenxem" 29 yoshli angliyalik futbolchining vakillari bilan uni yozgi transferlar davrida tarkibga qo‘shib olish masalasini muhokama qilgan. Aytish kerakki, Lingardning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi.
Jessi bu mavsum premer-ligada 8 ta o‘yinda qatnashib, 2ta gol urgan.
Fikrlar