"Jenoa" o‘z uyida yana yutqazdi. Mxitaryandan xet-trik
"Jenoa" Italiya A Seriyasi 7-turida "Roma" bilan kuch sinashdi.
Genuyadagi "Luiji Ferraris" stadionida o‘tkazilgan o‘yinda birinchi bo‘lib rimliklar vakili Genrix Mxitaryan hisobni ochdi. Bunga mezbonlar ikkinchi bo‘limda bir marta javob berishdi. Ammo Mxitaryan yana ikki bor darvozani ishg‘ol etib, jamoasiga 3 ochko keltirdi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov ikki o‘yindan beri jarohati bois maydonga tushmayapti. Avvalgi turda ham genuyaliklar o‘z uylarida "Torino"ga imkoniyatni boy berishgandi.



Fikrlar