
"Jenoa" 90+8-daqiqada gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi (video)
Italiya A Seriyasining 10-turida hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Jenoa” safarda “Fiorentina” mehmoni bo‘ldi.
Florentsiyadagi bellashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Ta’kidlash kerakki, har ikkala gol ham so‘nggi daqiqalarda kiritildi. Dastlab, 89-daqiqada Marko Pyatsa (89') genuyaliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 90+8-daqiqada Nikola Milenkovich muvozanatni tikladi va mezbonlarni muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov ushbu o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 65-daqiqada zaxiraga olindi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar