
Jek Maddalena Islom Maxachev to‘xtata oladimi?
Avstraliyalik UFC jangchisi Robert Uittaker yarim o‘rta vazn chempioni Jek Della Maddalena va rossiyalik Islom Maxachev o‘rtasidagi bo‘lajak bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Menimcha, Jek haqiqatan ham Maxachev degan "poezd"ni to‘xtata oladi. U yaqin masofada juda yaxshi jang olib boradi. Islomning bunday uslubga qanday javob berishini ko‘rish men uchun juda qiziq", — dedi Uittaker "Sporting News" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev (27-1) va Maddalena (18-2) to‘qnashuvi 16 noyabr kuni "UFC 322" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar