JChning eng yaxshi yosh futbolchisi uchun ikkita "yog‘li" taklif keldi

  • 28 dekabr, 2022, 06:21
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Benfika" futbolchisi Entso Fernandesni sotib olmoqchi bo‘lgan jamoalar soni tobora ko‘payib bormoqda.

Tecno

"A Bola" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, argentinalik iste’dod sohibi uchun kurashda "Liverpul" hamda "Manchester Yunayted" qolganlardan o‘zib ketgan. Har ikki nomzod 21 yoshli yarim himoyachi uchun 127 million evrodan voz kechishga tayyor. Ammo hozirga portugaliyaliklar takliflarni rad etgan.

"Burgutlar" Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi uchun ko‘proq pul undirmoqchi. Transfer katta ehtimol bilan yozda amalga oshadi.

Entsoning "Transfermarkt" portalidagi narxi 55 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!