JCh saralashi. Braziliya Chiliga hech qanday imkon qoldirmadi

  • 25 mart, 2022, 06:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh-2022 Janubiy Amerika mintaqasi saralash bosqichidan o‘rin olgan Braziliya - Chili uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

O‘yinda gollarga Neymar, Vinisius, Koutino va Risharlison mualliflik qildi. Mehmonlar maydonni golsiz tark etadigan bo‘ldi.

Shu tariqa, Braziliya ochkolari sonini 42 taga etkazib oldi va jadvalda etakchilik qilishda davom etmoqda.

Chili hisobida 19 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 7-pog‘onadan joy olgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!