JCh-2022ning eng yaxshi posboniga APLning uch grandi qiziqmoqda

  • 11 may, 2023, 22:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martinesga APLning uchta klubi qiziqish bildirmoqda.

Tecno

"TyC Sports " nashri xabariga ko‘ra, argentinalik darvozabon iyun oyida klubini o‘zgartirishi mumkin. Martines Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidaga fantastik seyvlari bilan top klublari radariga tushgan edi.

30 yoshli keperning xizmatlariga “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Tottenxem” klublari qiziqish bildirmoqda. 

Joriy mavsumda Emiliano Angliya premer-liganing 33 o‘yinida maydonga tushib, 12 marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!