
JCh-2022ning eng keksa ishtirokchilari. Dani Alves 4-o‘rinda, Ronaldu esa beshlikda ham yo‘q
Jahon chempionati startiga ham sanoqli kun qoldi. Terma jamoalar o‘z tarkibini tasdiqlab bo‘ldi. Mundialda ishtirok etish har bir futbolchining orzusi, bu safar ko‘plab "qariya"lar o‘ynaydi.
Agar siz Krishtianu Ronaldu yoki Dani Alvesni eng keksa futbolchilar deb o‘ylagan bo‘lsangiz, unda sizni syurprizlar kutmoqda.
Krishtianu Ronaldu, Portugaliya (37 yoshu, 9 oy)
Afsonaviy portugaliyalik o‘z termasini Qatar maydonlariga olib chiqsa, u beshta jahon chempionatida ishtiorok etgan elita qatoridan o‘rin oladi. Ilgari bu ishni faqat Lotar Matteus, Antonio Karbaxal va Rafael Markes uddalagan.
Katta ehtimol bilan bu Ronaldu uchun so‘nggi jahon chempionati bo‘ladi. U hozirda 117 gol bilan terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi.
Tiago Silva, Braziliya (38 yoshu, 2 oy)
"Chelsi" va Braziliya terma jamoasi himoyachisi o‘z tajribasini jamoadoshlariga o‘tkazishga harakat qiladi. Silva yoshi katta bo‘lishiga qaramay, klub va terma jamoa himoyasida muhim rol o‘ynashda davom etmoqda.
Dani Alves, Braziliya (39 yoshu, 6 oy)
Braziliya termasining yana bir afsonaviy himoyachisi – Dani Alves. U jahon chempionati tarixidagi eng keksa braziliyalik futbolchiga aylanadi.
Eydzi Kavasima, Yaponiya (39 yoshu, 8 oy)
Eydzi Kavasima 2023 yilning mart oyida 40 yoshga to‘ladi, biroq u 12 yildan buyon terma jamoasining asosiy darvozaboni hisoblanadi. U avvalgi mundialdagi ajoyib o‘yini bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgandi.
Pepe, Portgualiya (39 yoshu, 8 oy)
Portugalmyalik markaziy himoyachi klubda ham terma jamoada ham yorqin faoliyat olib bordi. U Portugaliyaning eng yaxshi himoyachilaridan biri bo‘lib qolmoqda. Uning tajribasi Qatar maydonlarida yordam berishi mumkin.
Atiba Xatchinson, Kanada (39 yoshu, 9 oy)
Atiba Xatchinson Kanada terma jamoasining 36 yil avval jahon chempionatida ishtirokini ko‘rgan jamoaning yagona vakili. Atiba turnirdagi eng keksa futbolchiga aylanadi va katta ehtimol bilan sardor sifatida jamoasini maydonga olib tushadi.
Fikrlar