
JCh-2022da yana bir muhim statistika bo‘yicha rekord o‘rnatildi
Kecha Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining Argentina va Frantsiya terma jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Penaltilar seriyasigacha etib borgan o‘yinda argentinaliklar g‘alabani ilib ketdi.
E’tiborlisi, bugun darvozaga kiritilgan 6 ta goldan so‘ng JCh-2022 da urilgan gollar soni 172 taga etdi. Bu esa avvalgi rekordlardan bittaga ko‘p deganidir. Bundan avvalgi rekord 1998 yilda o‘rnatilgan. O‘shanda 171 ta gol urilgan, bu 32 ta jamoa ishtirokidagi birinchi chempionat bo‘lgan. Keyin esa 2014 yilda ushbu rekord takrorlangan - 171 ta gol. Ammo Qatardagi mundialda rekord yangilandi.
Turnirning eng sermahsul o‘yini Angliya va Eron o‘rtasidagi o‘yin bo‘ldi - 6:2. Ispaniya-Kosta-Rika hamda Portugaliya-Shveytsariya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlarda esa 7 tadan gol kiritildi.
Fikrlar