
JCh-2022. Yana bir yulduz Frantsiya MTJ mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi, u jarohat olgan 6-futbolchi bo‘lishi mumkin
Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammoda duch keldi.
"RMC Sport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, u son qismidagi noqulaylik tufayli terma jamoa mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborgan. Murabbiylar shtabi so‘nggi paytlarda jarohatlar ko‘payib ketgani tufayli Eduardoga biroz engillik berishga qaror qilgan.
Avvalroq, Pol Pogba, N'Golo Kante, Presnel Kimpembe, Kristofer Nkunku va Karim Benzema ham JChda "uch ranglilar"ga yordam bera olmasligi aniq bo‘lgandi.
Frantsiya - Avstraliya uchrashuvi 22-dan 23 noyabrga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.
Fikrlar