
JCh-2022. Modrich: "Messining Jahon chempioni bo‘lishini istayman"
Xorvatiya terma jamoasi Jahon chempionati yarim final o‘yini doirasida Argentinaga qarshi bahs olib bordi. Unda evropaliklar yirik 0:3 hisobida raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Bellashuv yakuniga etgach, xorvatiyaliklar sardori Luka Modrich finalda kim g‘olib bo‘lishi haqida gapirdi.
"Umid qilamanki, Messi bu musobaqada zafar quchadi. Men uning Jahon chempioni bo‘lishini istayman. Leo tarixdagi eng yaxshi futbolchi va bu mukofotga to‘la loyiq inson!", - dedi "Real" Madrid klubi yarim himoyachisi.
Fikrlar