
JCh-2022. Luis Enrike: "Nishonlashga arziydigan hech narsa qilmadik"
JCh guruh bosqichi oxirgi turidan o‘rin olgan Yaponiya - Ispaniya uchrashuvidan (1:2) keyin "qizil furiya" ustozi Luis Enrike o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
"Nishonlashga arziydigan hech nima qilmadik. Ha, pley-offdamiz, ammo men guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunlashni istagandim. Takrorlayman, bayram qilishga birorta sabab yo‘q.
Yaponiya himoyaga "yotib olganida", biz yaxshi harakat qildik va muammoni hal etdik. Ammo mag‘lubiyatdan qutilib qolish yo‘llarini topa olmadik. 80 daqiqa davomida raqibdan ko‘ra yaxshiroq o‘ynaganimiz va yakunda mag‘lub bo‘lganimizni tushunish qiyin"-dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, ispaniyaliklarning mazkur bahsdagi durangi ham Germaniyani keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin edi.
Fikrlar