
“JCh-2022”: Hozirgacha guruhdan chiqqan va chempionatni tark etgan barcha jamoalar
Qatarda davom etayotgan jahon chempionatida guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, bosh sovrin uchun kurashni davom ettirish imkoniga ega terma jamoalar safi kengayib bormoqda.
Guruhlardagi ikkinchi tur uchrashuvlaridan keyin birdaniga uch terma jamoa – amaldagi jahon chempioni bo‘lgan Frantsiya, mundial tarixida eng ko‘p chempionlikni qo‘lga kiritgan Braziliya va hali bu nomga sazovor bo‘lmagan Portugaliya pley-off yo‘llanmasini muddatidan oldin qo‘lga kiritgan edi.
Endi bu uch terma jamoa qatoriga o‘z guruhlaridagi uchinchi tur o‘yinlarida ijobiy natija qayd etgan Niderlandiya, Senegal, AQSh va Angliya terma jamoalari ham qo‘shildi.
Musobaqa mezboni Qatarga qo‘shilib, Kanada, Ekvador, Eron va Uels jahon chempionatidan chiqib ketdi.
Fikrlar