
JCh-2022. Germaniya bosh murabbiyi: "Jamoaga xafa bo‘lganimni aytdim"
Jahon chempionati 3-turidan o‘rin olgan Kosta-Rika - Germaniya uchrashuvida evropaliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi, ammo bu ularning pley-offga chiqishi uchun etarli bo‘lmadi.
O‘yindan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida "nemis mashinasi" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
- Kiyinish xonasiga kirdingizmi? Jamoaning hissiyotlari qanday?
"Kirdim, lekin ular bilan hali gaplashmadim. Hammaning hafsalasi pir bo‘lgan".
- Qaysi reja ish bermadi? Kosta-Rikaning o‘yinni nazorat qilgani nima bilan bog‘liq?
"Birinchi bo‘limda ko‘plab imkoniyatlar yaratdik, ammo ularni golga aylantira olmadik. Barchasi shu ilk 45 daqiqalikda qolib ketdi".
- Ispaniyaning mag‘lubiyati sizni ko‘proq g‘azablantirdimi yoki Kosta-Rikaning qarshiligi?
"Meni boshqa jamoalar qiziqtirmaydi. Hammasi o‘zimizga bog‘liq edi. To‘plar farqiga qarang. Ishonchim komil, Ispaniyaga qarshi bellashuvning dastlabki bo‘limida g‘alaba uchun etarlicha vaziyat qildik, shunchaki ulardan foydalana olmadik. Aks holda, barchasi boshqacha bo‘lardi.
Jamoaga xafa bo‘lganimni aytdim. Ha, hafsalamiz pir bo‘ldi, ammo biz kambek qila oldik. Xaverts bizni o‘yinga qaytargandi va mana endi uyga g‘alaba bilan qaytmoqdamiz.
Biz Ispaniyaga qarshi yaxshi harakat qildik. Ularni mag‘lub etishimiz va ko‘proq gol urishimiz kerak edi. Bu ideal bo‘lardi, biroq eplay olmadik. O‘z vazifamizni bajardik, muhimi ortda g‘alaba bilan qaytamiz, ammo natija yaxshiroq bo‘lishi ham mumkin edi",-dedi Flik.
Fikrlar