
JCh-2022. Belgiya bosh murabbiyi: "Mundialni boshni tik tutgan holda tark etyapmiz"
Jahon chempionati 3-turidan o‘rin olgan Xorvatiya - Belgiya uchrashuvidan so‘ng nominal mehmonlar bosh murabbiyi Roberto Martines matbuot anjumanida ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Jahon chempionatidagi birorta bahs oson o‘tmaydi. Birinchi turda o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik, ammo Kanadani mag‘lub etdik. Ikkinchi bahsda esa, Marokashga haqli ravishda yutqazdik.
Bugun ko‘plab vaziyatlar yaratdik, shuning uchun hech narsadan afsuslanmayman. Biz Jahon chempionatini boshni tik tutgan holda tark etyapmiz.
Albatta, natija bizni qoniqtirmadi. O‘z yurishimizni davom ettirishni istagandik, ammo buni raqiblar ham istaydi"-dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, "qizil iblislar" 4 ochko bilan guruh bosqichini 3-o‘rinda yakunladi.
Fikrlar