Javohir Sindarov o‘zbek derbisida g‘alaba qozondi!
O‘zbek shaxmatchisi Javohir Sindarov o‘zbek derbisida g‘alaba qozonib, Nomzodlar turniriga yo‘llanma olgan ilk o‘zbek grossmeysteriga aylandi. Endi u Jahon kubogi finalida xitoylik Vey Iga qarshi bahs olib boradi.
Yana bir imkoniyat — Yakubboevda! Yarim finalda mag‘lub bo‘lgan Nodirbek Yakubboev uchun ham Nomzodlar turniriga chiqish imkoniyati saqlanib qolgan. U 3-o‘rin uchun uchrashuvda rossiyalik Andrey Esipenko bilan kuch sinashadi.
Agar Yakubboev g‘alaba qozonsa, Nomzodlar turnirida ikki nafar o‘zbek shaxmatchisi ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.



Fikrlar