Jasurbek Latipov: "Yaratganning o‘zi kuch berdi.Hali aytadigan so‘zlarim bor!"

  • 7 iyul, 2022, 16:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘zbekiston boks olamida Jasurbek Latipovni o‘z o‘rni bor.Ushbu charmqo‘lqop ustasi eng sovrindor bokschilarimiz sarasiga kiradi. 

Tecno

Jasurbek boksni tark etib, murabbiylik bilan shug‘ullanayotgan edi. Biroq, yana katta sportga qaytganini ma’lum qildi. Biz ushbu sportchimiz bilan bog‘lanib, boksga qaytishi va rejalari haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Boksga qaytganingizni eshitib xursand bo‘ldik. Bunga sabab nima bo‘ldi?

- To‘g‘risi onamining vafotidan so‘ng, biroz xohish so‘ngandi. 2,5 yillik tanaffusdan keyin yana Yaratganni o‘zi kuch bag‘ishladi va imkoniyatimga bo‘lgan ishonch ortdi. Shuning uchun boksga yana qaytishga qaror qildim. 

- Qaysi yo‘nalishda faoliyat yuritmoqchisiz?

- Havaskor hamda professionallarda ham omadimni sinab ko‘rmoqchiman.

- Havaskor yo‘nalishda qaysi vaznda harakat qilishini ko‘zlab turibsiz?

- 51 kg vazn toifasi baribir men uchun qulay deb o‘ylayman.

- Bu vazn toifasi anchagina raqobatbardosh hisoblanadi.Qolaversa, Hasanboy Do‘smatov ham ushbu vaznda turnirlarda ishtirok etish niyatida?

- Albatta, raqobat bo‘lgani yaxshi. Men uchun har doim kuchli raqobatchilar bo‘lgan. Juda kuchli raqiblarga qarshi kelganman. Tajriba qo‘l keladi, deb o‘ylayman. Bu sportning ajralmas qismidir. 

- 2,5 yillik tanaffus pand berib qo‘yadi, degan fikr yo‘qmi?

- Barchasi Alloxdan! Hozir yaxshi jismoniy holatga egaman va yaxshi natijalar qayd etishga harakat qilaman. Oldinda jaxon chempionati va nufuzli musobaqalar bor, O‘ylaymanki, hali aytadigan so‘zim bor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!