
Jasur Yaxshiboev: O‘z kelajagim uchun kurashishga qaror qildim
Belarusning "Energetik-BGU" klubi hujumchisi Jasur Yaxshiboev kelajakdagi rejasi va hozirgi jamoasi haqida gapirdi.
"Mening bu erdagi maqsadim - o‘zimning eng yaxshi tomonlarimni ko‘rsatish. Agarda, siz ijaradagi har bir o‘yinda maydonga tushsangiz, sizda yaxshi variantlar bo‘ladi. Men Evropadagi yaxshi jamoada o‘ynashni istayman.
"Energetik-BGU" jamoasi juda yaxshi, hammasi yaxshi yigitlar. Men tilni tushunmayman, lekin biz bir-birimiz bilan hazillar orqali aloqa qilamiz. (kuladi). Har bir insonda og‘ir damlar bo‘ladi. Ammo, men o‘z hayotim, kelajagim uchun kurashishga qaror qildim va shu o‘rinda hammaga maslahat beraman: agar, sizning maqsadingiz bo‘lsa, oxirigacha kurashing. Kim ishlashni xohlasa, omad ham keladi", - dedi Jasurbek klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Fikrlar