Jasur Jaloliddinov: "Bunyodkor"ni hech qachon unutmayman

  • 29 iyul, 2020, 22:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bunyodkor”da to‘p surgan iqtidorli futbolchi Jasur Jaloliddinovning rasman Moskvaning “Lokomotiv” klubiga ko‘chib o‘tgani ma’lum bo‘ldi va u yangi jamoasi bilan besh yilga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Futbolchi esa o‘zining instagramdagi sahifasida “Bunyodkor” bilan xayrlashganini e’lon qilgan holda shunday dedi:

Tecno

- Hurmatli “Bunyodkor” rahbariyati, murabbiylari, ishchi-xodimlari va klubning jonkuyar muxlislariga chin ko‘nglimdan rahmat aytmoqchiman hamda samimiy tilaklarimni bayon qilmoqchiman. Ayniqsa, yoshligimdan menga futbolning sir-asrorlarini o‘rgatgan marhum Akmal Risqullaev, murabbiyim – Sergey Chigodaev, katta futbolga etaklagan Mirjalol Qosimov va Shuhrat Maqsudov, shuningdek, hozirgi kunga etib kelishimga asosiy sababchi bo‘lgan va menga imkoniyat bergan Vadim Abramov, akademiyada yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan Azamat aka, qolaversa, yangi jamoaga o‘tishimda qarshilik qilmasdan qarorimni hurmat qilgan “Bunyodkor” klubi rahbariyatiga chin ko‘nglimdan minnatdorlik bildirib qolmoqchiman. Futbolchilik faoliyatimda yangi sahifa ochish arafasida turibman. Ishonamanki, ushbu qarorimni qo‘llab-quvvatlaysizlar. Qaerda bo‘lsam ham meni katta futbolga va katta hayotga etaklagan “Bunyodkor”ni hech qachon unutmayman va har doim klubning muxlisi bo‘lib qolaman. Hozirgi kungacha etib kelishimda va erishgan hamda erishayotgan har bir yutuqlarimda sizlarning yordaminglar va duoinglar sabab, deb hisoblayman. Bundan keyin ham menda “Bunyodkor”ning qoni oqishda davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!