
Jasur Alijonov: "Shohasan Xamzat Chapanovni mag‘lub etsa, chempionlik kamari uchun jang qiladi va raqib ham aniq"
Xabaringiz bor, 7 yanvar kuni MPL-7 turniri tashkil etiladi va markaziy jangda hamyurtimiz Shohasan Mirzamatov rossiyalik Xamzat Chapanovga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Mazkur jang g‘olibi navbatdagisida 77,1 kg vazn toifasida MPL chempionlik kamari uchun jang qilish huquqini qo‘lga kiritadi. Biz ushbu voqelik yuzasidan taniqli murabbiy va promoushenning rahbarlaridan biri Jasur Alijonov bilan bog‘lanib, bunga oydinlik kiritishni so‘radik.
- Aslida, Xamzat Chapanov qirg‘izistonlik Edil Esengulov bilan jang qilishi kerak edi va g‘olib Bobur Qurbonovga qarshi chempionlik uchun bahs yuritardi. Biroq, Esengulov bu jangdan bosh tortganidan so‘ng, uning o‘rniga Shohasan oktagonga ko‘tariladigan bo‘ldi va tabiiyki bu jang g‘olibi ham chempionlik kamari uchun Bobur Qurbonovga qarshi jang qiladi.
Fikrlar