Jastin Getji Habib Nurmagomedovni qanday mag‘lub etmoqchi?

  • 28 may, 2020, 14:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

  UFCning engil vazn toifasi vaqtinchalik chempioni Jastin Getji  Habib Nurmagomedov bilan jangda qanday harakat qilish kerakligi borasida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

   “Habib bilan jangdagi eng asosiy jihatlardan biri mening oktagon bo‘ylab harakat qilishim bo‘ladi.  Uni oktagon devorlaridan uzoqroqda tutib turish juda ham muhim. Nurmagomedov asosan, setkaga olib kelib, “teykdaun”ni amalga oshiradi. Markazda esa, buni ko‘p ham amalga oshiravermaydi. Mening “lou-kik” zarbalarim raqiblar uchun juda noxushliklar olib keladi. Odatda, tizzadan yuqoriga tepmayman. Bu zarbalar masofani ushlab turishda asqotadi. Habibga 3-4 ta zarbamni aniq bera olsam, u qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin. U yana oyoqqa yopishadi va “teykdaun” amalga oshirishga harakat qiladi. Buning uchun unga oktagon setkalari kerak bo‘ladi. U markazda bir-ikki marotaba “parter”ga o‘tishga harakat qiladi. Biroq to‘liq “teykdaun”nni amalga oshirish uchun baribir oktagon devorlari kerak bo‘ladi”,- dedi Getji Jo Rogan bilan suhbatda.

Ma’lumki, Jastin Getji “UFC 249” turnirida Toni Fergyusonni mag‘lub etib, engil vazn toifasining vaqtinchalik chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!