
Janubiy Koreya U-23 bosh murabbiyi: "Birinchi bahsda ham jismonan, ham ruhan qiyinchilik bo‘lishi tabiiy edi"
Janubiy Koreya U-23 hamda Malayziya U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda koreyaliklar yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xvan Sun-Xong bellashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Hujumchimiz Cho Yung-Vuk uchun qisqa vaqt ichida 2 gol urish ajoyib ko‘rsatkich. Malayziyaga qarshi o‘yinda yaxshi start oldik. Jamoa ajoyib harakat qildi.
Birinchi bahsda ham jismonan, ham ruhan qiyinchilik bo‘lishi tabiiy edi. Oson o‘yin bo‘lmadi. G‘alaba qozona oldik va barcha yigitlarni bu 3 ochko bilan tabriklayman.
Futbolda qoniqish hissi bo‘lmasligi kerak. Shunday ekan, biz keyingi bellashuv uchun o‘zimizga motivatsiya topishimiz kerak", - dedi mutaxassis.
Fikrlar